Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Sport 24/04/2025 FIFA o‘zbekistonlik Asilbek Aliyevni Osiyo futbolining bo‘lajak yulduzi deb atadi

FIFA o‘zbekistonlik Asilbek Aliyevni Osiyo futbolining bo‘lajak yulduzi deb atadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA rasmiy saytida 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogida jamoasi safida yorqin o‘yin namoyish etgan yosh futbolchilar qatorida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va turnirning eng yaxshi to‘purari Asilbek Aliyev ham e’tirof etildi.

“2025-yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy musobaqa, balki Osiyo futbolining kelajakdagi yulduzlarini kashf qilish uchun ajoyib maydon bo‘lib xizmat qildi.

Yosh futbolchilar musobaqada o‘z jamoalarining muvaffaqiyatli natijaga erishishi va FIFA U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanma olishi yo‘lida o‘zlarini barcha jihatdan namoyon eta oldilar.

Asilbek Aliyev (O‘zbekiston): Ushbu yosh iqtidor O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, hujum chizig‘ini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi. Musobaqaning dastlabki to‘rt uchrashuvida u beshta gol urdi hamda ajoyib hujumchilik mahorati bilan ajralib turdi. Aliyev yakunda musobaqa to‘purari, shuningdek, Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta e’tirofga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling