Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Iqtisod 15/07/2025 Farg‘ona va Shanlo shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Farg‘ona va Shanlo shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona va Shanlo shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Shanlo shahri Xitoy Kommunistik partiyasi shahar qo‘mitasi raisi Chjao Szin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanayotganini taʼkidlar ekan, hududlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etdi. O‘zaro tashriflar, investitsiyaviy va sanoat loyihalari orqali hamkorlik yangi mazmun kasb etib, ulkan imkoniyatlar eshigini ochayotganini taʼkidladi. - Farg‘onaga ham ko‘plab xitoylik tadbirkorlar kelmoqda. Ularning faoliyat boshlashlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir investorga biz ko‘makdoshmiz, - dedi viloyat hokimi.

Shensi provinsiyasi Shanlo shahri Xitoy Kommunistik partiyasi shahar qo‘mitasi raisi Chjao Szin ko‘plab investorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotgani, bugungi kunda buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganini alohida eʼtirof etdi.

Ko‘plab yo‘nalishlarda shanlolik ishbilarmonlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishi mumkinligini bildirib o‘tdi. Viloyat hokimi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da rivojlantirishga, investorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga va hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuvda Farg‘ona shahri va Shanlo shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yakunda o‘zaro ishonch va manfaatli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kelishib olindi. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov va Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling