Fargʻona viloyati delegatsiyasi Malayziyadagi uy-joy loyihasini koʻzdan kechirdi

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Malayziyadagi uy-joy loyihasini koʻzdan kechirdi

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Malayziyadagi uy-joy loyihasini koʻzdan kechirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "MBI Selangor" korporatsiyasi tomonidan barpo etilgan zamonaviy va hamyonbop turar joy majmuasi bilan tanishdi.

"Idaman Bukit Jelutong" majmuasi aholini arzon va sifatli uy-joy bilan taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Majmua 20 qavatli bo‘lib, jami 1260 ta xonadonni o‘z ichiga oladi.

Loyihada aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan: ko‘p qavatli avtoturargoh, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sport inshootlari, bolalar maydonchalari, basseyn hamda yashash uchun barcha zarur infratuzilma obyektlari mavjud. Shu bilan birga, majmuada xavfsizlik va kommunal xizmatlar tizimi zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Safar davomida delegatsiya aʼzolari mazkur loyiha tajribasini o‘rganib, Farg‘ona viloyatida ham zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish borasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling