Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 11/02/2025 Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-20-son, 10.02.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

yoqilg‘i-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;

sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari realizatsiyasiga chek qo‘yish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.

Jumladan, Prezidentning 2023 yil 24 maydagi Farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va isteʼmol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling