Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Italiyaning "Roma" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yaqin orada jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda italiyalik sport jurnalisti Nikolo Skira ma’lum qildi.
Joriy mavsumda A Seriyasida u 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga va 1 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Shomurodov jamoadagi roliga nisbatan o‘zining noroziligini bildirgani va klubni tark etish ehtimolini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
Hozircha "Roma" klubi vakillari yoki futbolchining o‘zi transfer bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.