Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Moliya 04/03/2025 Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ-1041-son, 28.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 min so‘m) miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi.

Ilgari BHMning 5 baravari edi.

Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling