Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Sport 04/02/2025 Diyora Keldiyorovaning Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi «Yil voqeasi» deb e’tirof etildi

v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024 yilgi mavsum yakunlarini sarhisob qilib, eng yaxshi sportchi va murabbiylarni taqdirladi.

G‘oliblar qatoridan o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova va uning murabbiyi Marko Shpitka ham o‘rin oldi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning yapon dzyudochisi Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi «Yil voqeasi» nominatsiyasiga munosib deb topildi.

Shuningdek, Diyora Keldiyorovaning murabbiyi Marko Shpitka «Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi» unvoni bilan taqdirlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling