Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 02/02/2025 Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi

Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

2025-yilda go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari;

2025-yilda parranda go‘shti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari;

2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari;

2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari.

2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan Davlat byudjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.

Parrandachilikning go‘sht va tuxum yo‘nalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi.

Naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling