Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyga tashrif buyurgan “O‘zeltexsanoat” ishchi guruhi rais M. Yunusov boshchiligida "Chigo" kompaniyasining vitse-prezidenti Toni Lyao bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda "Chigo" brendi ostida mahsulot ishlab chiqarishni O‘zbekistonda tashkil etish, ichki bozorda mahsulot ulushini oshirish va uchinchi mamlakatlarga eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
1994-yilda tashkil etilgan "Chigo" kompaniyasi o‘z mahsulotlarini dunyoning 180 dan ortiq davlatlariga eksport qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.