Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoroda tarixiy yodgorliklar yaqinida mopedlar, skuterlar, velosipedlar va mototsikllarning harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHX) xabar bermoqda.
Mazkur taqiqning joriy etilishi sabablari orasida ushbu transport vositalarining madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazish xavfi hamda sayyohlar va mahalliy aholi uchun xavfsizlikni ta’minlash ehtiyoji qayd etildi.
Taqiq doirasida tarixiy obidalar yaqinida maxsus cheklov belgilarini o‘rnatish ishlari boshlangan. Ushbu belgilarda kiritilgan cheklovlar haqida ma’lumot beriladi.