Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:43 da Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognoz monitoringi Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Qorako‘l tumanida, 40,28 daraja shimoliy kenglik va 63,07 daraja sharqiy uzunlik koordinatalarida joylashgan.
Zilzilaning magnitudasi 4 ballni tashkil etgan bo‘lib, u 10 km chuqurlikda ro‘y bergan.
Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 529 km ni tashkil etadi.
Epitsentrga yaqin joylashgan tumanlarda yer qimirlash kuchi 2 ballga yetib, Peshku tumani (44 km masofada) va Qorako‘l tumanida (56 km masofada) sezilgan.