Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 16/10/2024 Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag'ishlangan festival

Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag'ishlangan festival

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Farovon hayot va yorqin kelajak sari» (For better life and better future»). Nukus shahrida maktab o‘quvchilari ana shunday shior ostida bayramona ruhda festivalni qarshi oldilar.

Unda yuzlab maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va mehmon-mutaxassislar kun davomida oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etishdi. Tadbir Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag'ishlanib, u FAO tashabbusi bilan «Zamin» jamg‘armasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Maqsad maktab o‘quvchilariga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ularning roli va to‘g‘ri ovqatlanish muhimligini tushunishga yordam berish. 

FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Viorel Gutu videomurojaatida ishtirokchilarni ochilish bilan tabriklab, barcha insonlar ehtiyojlarini qondira oladigan yanada samarali, barqaror qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlarini yaratish boʻyicha o’zaro hamkorlikka chaqirdi. «Oziq-ovqatga bo'lgan huquq insonning fundamental huquqidir, - dedi u, - agar u xalqaro hamkorlik orqali amalga oshirilsa, sa’y-harakatlar sezilarli o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda har birimiz muhim rol o‘ynashimiz kerak va sayyoramiz resurslarini mas’uliyat bilan boshqarish umumbashariy mas’uliyatimizdir».

Shuningdek, tadbirda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi vakillari hamda «Ekomaktab» dasturining eko faollari so’zga chiqdi. Festivalning asosiy qismi interaktiv tanlovlar va mahurat darslari tarzida o‘tkazildi, unda har bir ishtirokchi ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z bilimi, ijodkorligi va zukkoligini namoyish etdi. Eng qiziqarlilaridan biri xorijlik mutaxassis mentorligida umumxalq bog‘lari maketini yaratish tanlovi bo‘lib, unda talabalar jamoalar tuzib, eng yaxshi g‘oya uchun bellashishdi.

Mashhur avstriyalik fotograf Klaus Pixlerning «Fermadan axlat qutisigacha» nomli fotoko‘rgazmasi ham festivalga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Muallif ekspozitsiya orqali oziq-ovqat chiqindilari va oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilish muammosi, xususan, turli sabablarga ko'ra, yaroqlilik muddati o'tib ketganligi, ortiqcha xaridlar yoki noto'g'ri saqlash sababli tashlab ketilayotgan mahsulotlarni tasvirlashga harakat qilgan.

«Festival orqali oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelinayotgan muammolardan xabardor qilishni maqsad qilgan. Bugun biz iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanchalik tahdid solayotgani, hosildorlik
va tuproq unumdorligi pasayayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili 700 milliondan ortiq odam oziq-ovqat ta'minotida muammolarga duch kelgan, bu ko’rsatkich ortib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi isrof qilinadi, bu esa barqaror resurslarni boshqarish muhimligini yanada dolzarb masalaga aylantiradi. 2024-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining «barqaror hayot va yorqin kelajak sari» mavzusi bizga FAOning asosiy vazifasini yodga soladi: harvaqt va har yerda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ustuvordir. Bunday festivallar nafaqat bayram, balki barqaror rivojlanish yo’nalishidagi yangi tashabbuslar va hamkorlik uchun zamin bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali biz har bir inson uchun xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat ta’minlangan barqaror jamiyat yaratishimiz mumkin», — deya ta’kidladi FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sherzod Umarov.

«Sog'lom ovqatlanish men uchun nimani anglatadi?» shiori ostida rasmlar tanlovi ham o’tkazilib, unda maktab o'quvchilari kelajagi sog’lom ovqat qanday bo'lishi kerakligi haqidagi tasavvurlarini taqdim etdilar. 

Mutaxassislar bilan tashkillashtirilgan suhbat davomida esa bolalar to'g'ri ovqatlanish va uning inson salomatligiga ta'siri haqida savollar berib, muhokamalarda faol ishtirok etishdi. Mutaxassis talabalarga kundalik ovqatlanish odatlarining ahamiyatini tushunishga yordam berdi, shuningdek, shakar va fastfud iste'molini cheklash , sog’lom naqadar muhimligi haqida ko'plab misollar keltirdi.

Maktab o‘quvchilari tajribali agronomlar rahbarligida maktab bog‘iga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi festivalning muhim nuqtalaridan biri bo‘ldi. Bolalar, shuningdek, ekotizimni avaylash va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda o'simliklar va tuproq unumdorligi muhim rol o'ynashini bilib oldilar.

Barcha faol ishtirokchilar hamkorlar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Bayram yakunida maktab o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan flesh-mob festivalga ayricha ko’tarinki ruh bag’ishladi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling