Butun O‘zbekiston bo‘ylab informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE AI dasturidan o‘tdilar — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Butun O‘zbekiston bo‘ylab informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE AI dasturidan o‘tdilar

Butun O‘zbekiston bo‘ylab informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE AI dasturidan o‘tdilar

Butun O‘zbekiston bo‘ylab informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE AI dasturidan o‘tdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Beeline Uzbekistan TIUE bilan hamkorlikda informatika o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashga o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli ta’lim loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi. Beeline Academy dasturida butun mamlakat bo‘ylab mingga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etib, malaka oshirish sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar.

Maktablar va boshqa ta’lim muassasalari uchun ta’lim va boshqa loyihalarda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalari bo‘yicha treninglar o‘zbek va rus tillarida metodistlar, koordinatorlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi ekspertlar ishtirokida interaktiv sessiyalar shaklida o‘tkazildi va dasturda O‘zbekiston shaharlari va tumanlaridan jami mingga yaqin informatika o‘qituvchilari ishtirok etdi.Ushbu haftada kurs bitiruvchilariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi, butun O‘zbekiston bo‘ylab dastur ishtirokchilari marosimga onlayn ulanishdi, o‘qituvchilarning bir qismi esa hujjatlarni universitetning o‘zida olishdi.

"Yangi avlod IT-mutaxassislarini shakllantirayotgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash Beeline Uzbekistan AI1440 strategiyasining muhim qismi va O‘zbekistonning raqamli ta’limini rivojlantirishga qo‘shgan hissasidir. Shaxsan men uchun bu loyiha o‘zgacha, chunki bolalarimiz va butun mamlakat kelajagi o‘qituvchilar ishining sifatiga bog‘liq. Sizning mehnatingiz bebaho va tayyorgarlik darajangiz qanchalik yuqori bo‘lsa, bizning umumiy kelajagimiz shunchalik kuchli bo‘ladi," — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

"Beeline Uzbekistan bilan hamkorlik tufayli biz butun mamlakat bo‘ylab informatika o‘qituvchilari uchun qulay ta’lim muhitini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Ushbu kurs o‘qituvchilar o‘quv amaliyotida foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi kompetensiyalarni shakllantirish uchun asos bo‘ldi. Bunday dasturlarni, ayniqsa, hududlarda joriy etish va rivojlantirishni davom ettirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish niyatidamiz," — dedi TIUE rektori Nosir Xodjayev.

"Sun’iy intellekt sohasida o‘qituvchilarni tayyorlash mamlakatning raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli transformatsiyaning yangi bosqichi shakllanmoqda - ta’lim, sanoat va davlat boshqaruvida sun’iy intellekt yechimlarini tizimli joriy etishga e’tibor qaratilmoqda. Yangi bilimlarni egiluvchanlik va yuqori qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yosh avlod bu jarayonning tabiiy katalizatoriga aylanadi. Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda: u davlat strategik hujjatlari darajasida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Xususiy sektor, jumladan, Beeline Uzbekistan bilan qo‘shma tashabbuslar tufayli mamlakatda sun’iy intellekt sohasida professional kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda," — dedi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Sarvar Sa’dullayev.

"Biz ushbu kurs davomida juda qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'ldik. Rasm va videolar bilan ishlashning zamonaviy usullari, shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalari haqida olgan ma’lumotlarimiz ish samaradorligimizni oshirishga katta hissa qo‘shadi. Biz o‘zlashtirgan bu bilim va ko‘nikmalarni kelgusida maktabdagi o‘quv jarayonida amaliyotda qo‘llashni rejalashtirmoqdamiz,"- dedi Sanjar Xo‘jayev, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Informatika o'qituvchisi.

Uch yildan buyon Beeline Academy dasturidagi raqamli operator o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bo‘lajak IT-mutaxassislarini tayyorlaydigan maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun ta’lim texnologiyalari darajasini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

2023-2024-yillarda Beeline Academy va TIUE doirasida 260 dan ortiq informatika o‘qituvchilari kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, kibergigiyena, Python, 3D grafika va Frontend dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitildi. Beeline Uzbekistan ta’lim tashabbuslariga va o‘qituvchilar hamda talabalarning STEM sohasidagi raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda.

Beeline Uzbekistan haqida

Beeline Uzbekistan ("Unitel" MCHJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024 va 2025 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.

Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006-yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.

VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Kompaniya dunyo aholisining 6% dan ortig‘i istiqomat qiladigan 5 mamlakatda faoliyat yuritadi va texnologiyalarga asoslangan xizmatlari orqali insonlarning hayotini o‘zgartirib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot www.veon.com.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan  

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

#Beeline  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling