Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda Oʻzbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5,9% ga oʻsadi. Bu haqda BMTning “Jahon iqtisodiy holati va istiqbollari – 2025” (WESP 2025) hisobotida keltirilgan.
Prognozga koʻra, 2026 yilda Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi 5,4% ni tashkil etadi, 2024 yilda esa YaIM oʻsishi 6,1% darajasida qayd etilgan.
BMT ekspertlari taʼkidlashicha, turizm Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishining muhim omiliga aylangan.
Hisobotga koʻra, Oʻzbekistondagi inflyatsiya 2024 yildagi 9% dan 2025 yilda 7,4% gacha pasayadi, 2026 yil uchun esa 5,2% darajasida prognoz qilinmoqda.
Jahon miqyosida 2025 yilda global savdo hajmi 3,2% ga oʻsishi kutilmoqda, 2024 yilda esa bu koʻrsatkich 3,4% gacha yetishi prognoz qilinmoqda. Bu Osiyodan sanoat mahsulotlari eksportining ortishi va xizmatlar savdosining faollashishi bilan bogʻliq. Biroq, savdo tarangligi, proteksionistik siyosat va geosiyosiy noaniqlik kabi xavflar ushbu prognozlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Jahon inflyatsiyasi 2024 yildagi 4% dan 2025 yilda 3,4% gacha tushishi prognoz qilinmoqda, bu esa uy xoʻjaliklari va korxonalarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shu bilan birga, yirik markaziy banklar inflyatsion bosimning pasayishi sababli 2025 yilda foiz stavkalarini tushirishni davom ettirishi kutilmoqda.
Inflyatsiyaning umumiy pasayish tendensiyasiga qaramay, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya soʻnggi yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichlardan yuqori boʻlib qoladi. 2025 yilda ushbu mamlakatlarning har beshtadan birida inflyatsiya ikki xonali raqamda boʻlishi prognoz qilinmoqda.
BMT: 2025 yilda Oʻzbekiston YaIM 5,9% ga oʻsadi
Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda Oʻzbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5,9% ga oʻsadi. Bu haqda BMTning “Jahon iqtisodiy holati va istiqbollari – 2025” (WESP 2025) hisobotida keltirilgan.