Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, o‘tkazilgan monitoringlarda Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek internet platformasida “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi ma’lumotlarda qarz shartlari to‘liq va aniq ko‘rsatilmagan. Jumladan, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “Ot 17% godovix, ipoteka na kvartiru v novostroyke” kabi mazmunidagi reklamalarda kreditning muhim shartlari, shu jumladan, foiz stavkalarining aniq sharti, to‘lov muddati va boshqa talablar qayd etilmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.