Valyuta kurslari 10/01/2025
$1 – 12940.44
UZS – -0,17%
€1 – 13336.42
UZS – -0,31%
₽1 – 126.85
UZS – 2,56%
Qidirish
Iqtisod 10/12/2024 Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.

Isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlash yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrilgan.

Shu oʻrinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlarini soʻraymiz.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling