Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Moliya 25/08/2025 Birinchi yarim yillikda UzCard sof foydasi 52,7 foizga oshib, 620 milliard so‘mni tashkil etdi

Birinchi yarim yillikda UzCard sof foydasi 52,7 foizga oshib, 620 milliard so‘mni tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UzCard) to‘lov operatorining 2025 I yarim yilligidagi sof foydasi auditlanmagan MHXS boʻyicha 621,6 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 52,7% ga ko‘pdir (406,9 mlrd soʻm).

Hisobotga koʻra, belgilangan davr mobaynida sof tushum 68,7% ga oshib, 953,3 mlrd soʻmga yetdi. Operatsion foyda 59,7% ga oshib, 636,4 mlrd soʻmni tashkil etdi, foyda soligʻi bo‘yicha xarajatlari esa 3,3 mlrddan 3,1 mlrd soʻmga qisqardi.

UzCard aktivlari 57,9 foizga o‘sgan holda 997,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Korxona kapitali 146,4 foizga oshib, 790,5 milliard so‘mga yetdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling