Bernardu Silva Xusanov haqida: o‘zbekistonlik himoyachi har o‘yinda kuchayib bormoqda
Surat: Manchester Siti
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Manchester Siti" vitse-kapitani Bernardu Silva O‘zbekistonlik himoyachi Abdukodir Xusanov haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi City Xtra.
Silvaning taʼkidlashicha, “Chelsi” ga qarshi debyut o‘yini Xusanov uchun oson kechmagan. U jamoa bilan atigi bir hafta shug‘ullangan va til baryeri qo‘shimcha muammo bo‘lgan. Bu esa bir qator afsuslanarli xatolarga olib kelgan.
Shu bilan birga, o‘zbek futbolchisi o‘zining ilk tajribasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda o‘zining yuqori saviyasini namoyish etgan.
Bernardu Silva Xusanovning har o‘yinda o‘sishda davom etayotganini, maydonda tobora ishonchli harakat qilayotganini taʼkidlab, uning xarakteri va iqtidoriga yuqori baho berdi.