Valyuta kurslari 23/01/2025
$1 – 12990.00
UZS – 0,04%
€1 – 13570.65
UZS – 0,95%
₽1 – 131.86
UZS – 1,51%
Qidirish
Iqtisod 23/01/2025 «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi boshlandi

«Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda turizm sohasini izchil rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib turizim markazlari barpo etilmoqda. Endilikda Toshkent viloyati Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi. Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi.

Elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi, albatta, bu jarayonni yanada osonlashtiradi. Chunki transport aloqalarining yaxshilanishi sayohatchilarni ko‘proq jalb qilishga yordam beradi.  Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra tumanni poytaxt bilan bog‘lovchi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishiga start berildi.

Mazkur elektrlashtirilgan temir yo‘lning umumiy uzunligi 23,8 kmdan iborat bo‘ladi. Yangi yo‘nalishni loyihalash ishlari “Boshtransloyiha” AJ, qurilish ishlari esa temiryo‘lchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling