Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
O‘zbekiston 21/08/2025 Baxtiyor Saidov Qatar Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Qatar Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hasan bin Ali Ol Soniy bilan uchrashdi.

Saidov oʻzining Telegram-kanalida Oʻzbekiston va Qatar barcha sohalarda, jumladan, mudofaa sohasidagi hamkorlikda misli koʻrilmagan darajadagi oʻzaro hamkorlikni namoyish qilayotganini taʼkidladi.

Uchrashuvda tomonlar tajriba va bilim almashish, mintaqaviy va global muammolarning kuchayishi sharoitida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

“Muzorakaralarimiz davomida strategik sheriklikni chuqurlashtirish, mintaqalarimizda va undan tashqarida tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni mustahkamlash yo‘lida birgalikda ish olib borish muhimligini ta’kidladik.”, — dedi vazir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling