Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekiston 27/04/2025 Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etdi

Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Olmati shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbir davomida vazirlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, savdo va o‘zaro bog‘liqlikni kengaytirish, shuningdek, umumiy muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilishdi.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston qo‘shni davlatlar va Xitoy bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va mintaqada barqaror rivojlanishga ko‘maklashishga sodiq ekanini taʼkidladi.

«Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar barcha tomonlarning umumiy ravnaqiga xizmat qilishiga qatʼiy ishonchimiz komil», — deb taʼkidladi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Shuningdek, u barcha ishtirokchilarga konstruktiv ishtirok uchun minnatdorlik bildirib, yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling