Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 24/11/2024 Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi.

2019-yil fevral oyidan buyon DXX raisi lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Abdusalom Azizov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekistonning bir qator ommaviy axborot vositalari, jumladan Gazeta.uz va Kun.uz xabar berdi.

Abdusalom Azizov mazkur lavozimga tayinlanishidan avval, 2017-yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan edi.

DXXning yangi raisi etib Bahodir Qurbonov tayinlandi.

Bahodir Qurbonov bu lavozimga tayinlangunga qadar, 2019-yil 11-fevral kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling