Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Aziza Zokirova O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida uchinchi bronza medalini olib keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bronza medaliga ega chiqdi.
70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Aziza Zokirova yarim final jangda avstraliyalik sportchi Lekeisha Pergolitidan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va bronza medaliga ega bo‘ldi.
Bundan oldin Feruza Qazoqova (51 kg gacha) hamda Sabina Bobokulova (48 kg gacha) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bu esa o‘zbek boksiyorlarining jahon musobaqasida barqaror natija ko‘rsatayotganidan dalolatdir.