Avgust oyida O‘zbekistonda biznes faoliyati indeksi o‘rtcha o‘sish qayd etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust oyida O‘zbekistonda Biznes faoliyati indeksi (BFI) 1 029 punktni tashkil etib, iyulga nisbatan 2,9 foizga oshdi. Yillik ifodada o‘sish 30,9 foizni tashkil qildi.
Ijobiy dinamika tovar-xomashyo birjasidagi faoliyatning o‘sishi (+14,2%) va amal qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonining ko‘payishi (+0,4%) bilan izohlanadi. Shu bilan birga, bank hisobvarag‘idagi operatsiyalar soni (–7%) va tovar belgilari ro‘yxatga olinishi (–15%) kamayishi qayd etildi.
Hududlar kesimida BFIning eng katta o‘sishi Sirdaryo (+72,3%), Navoiy (+45,5%) va Andijon (+38,3%) viloyatlari hamda Toshkent (+36,7%) shahrida kuzatildi. Pasayish esa Xorazm (–11,5%), Jizzax (–11,0%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (–7,5%), Surxondaryo (–6,0%) va Buxoro (–5,5%) viloyatlarida qayd etildi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, BFIning yillik barqaror o‘sishi mamlakatda iqtisodiy faoliyat va biznes muhitidagi ijobiy tendensiyalarni aks ettirmoqda.