Valyuta kurslari 23/10/2024
$1 – 12817.85
UZS – 0,1%
€1 – 13865.07
UZS – -0,18%
₽1 – 132.95
UZS – -0,11%
Qidirish
O‘zbekiston 23/10/2024 Аsila Mirzayorova nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshladi

Аsila Mirzayorova nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida boʼlib oʼtgan tadbirda para yengil atletika boʼyicha paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova Аgentlikning nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.

“Аgentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qoʼshildi. Biz Аsila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Аsila Mirzayorova Аgentlik Maxsus vakili boʼldi.

Аgentlik oilasiga xush kelibsiz Аsila! Аsila juda kuchli va aqlli qiz. Аsila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʼullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Аsila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʼldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” – dedi Shahnoza Mirziyoyeva

Tadbirda soʼzga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun oʼz minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili boʼlishga rozi boʼlganining sababini quyidagicha izohladi:

“Men uchun nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masʼuliyat. Bu vazifa menga nogironligi boʼlgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga oʼz hissamni qoʼshish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy toʼsiqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʼlishi kerak, deb ishonaman.”- deya taʼkidladi paralimpiyada chempioni.

Oʼz oʼrnida Аsila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda oʼz hissasini qoʼshishidan mamnunligini alohida qayd etdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling