Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 11/08/2025 Asian Chemical Group Dehqonabod kaliy zavodining yagona egasiga aylandi

Asian Chemical Group Dehqonabod kaliy zavodining yagona egasiga aylandi

(surat: uzkimyosanoat.uz)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Asian Chemical Group” MCHJ Dehqonabod kaliy zavodining yagona egasiga aylandi, deya xabar berdi korxona yagona korporativ axborot portalida.

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, Asian Chemical Group endilikda zavod ustav kapitalidagi ulushning 100 foiziga ega.

YEGRAO maʼlumotlariga ko‘ra, Asian Chemical Group kompaniyasi 2024 yil noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Unga Ilgiz Valiullin rahbarlik qiladi, u 2025 yil fevral oyida Dehqonabod kaliy zavodi kuzatuv kengashiga kiritilgan. Kompaniyaning taʼsischisi sifatida “OV Industrial Investments LLC-FZ” chiqadi.

Dehqonabod kaliy o‘g‘itlari zavodi 2010 yil sentyabr oyida “O‘zkimyosanoat” DAK tomonidan foydalanishga topshirilgan. Loyiha qiymati 123,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan, quvvati esa yiliga 200 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Qurilishning bosh pudratchilari sifatida ZUMK va CITIC ishtirok etgan.

Keyinchalik ikkinchi navbat amalga oshirilib, yiliga 400 ming tonna kaliy xloridi ishlab chiqarish mo‘ljallangan bo‘lib, undan 75 foizi eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Loyihaning maqsadi — korxona umumiy ishlab chiqarish quvvatini yiliga 600 ming tonnaga yetkazish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling