Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
Iqtisod 28/11/2024 Ashxobodda barqaror transport do‘stlari Guruhining ikkinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ashxobodda barqaror transport do‘stlari Guruhining ikkinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkmanistonning Ashxobod shahrida “Xalqaro transport va tranzit yo‘laklari: o‘zaro bog‘liqlik va rivojlanish – 2024” xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli vazirlik va transport idoralari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, diplomatik korpus rahbarlari va vakillari hamda Guruhga a’zo mamlakatlar missiyalari, transport sohasi ekspertlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov qatnashdi. Tomonlar yig‘ilishda Barqaror transport do‘stlari guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, jahon miqyosida transport tizimlarini barqaror rivojlantirish sohasida yangi samarali yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Bosh e’tibor 2026–2035-yillarga mo‘ljallangan Barqaror transport o‘n yilligiga tayyorgarlikda BMT sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish zaruratiga qaratildi.

Ishtirokchilar transport-logistika muammolarini hal etish, mintaqaviy va global to‘siqlarni kamaytirish hamda BMTga a’zo davlatlarning transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun guruh ishini takomillashtirish va sa’y-harakatlarni birlashtirishning ahamiyatini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling