Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 65 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Hal qiluvchi jangda o‘zbekistonlik sportchi braziliyalik Yuri dos Reisga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raundni boy berganiga qaramasdan, Moʻydinxoʻjayev jangning borishini o‘zgartirib, keyingi ikki raundda g‘alaba qozondi va jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev o‘z faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligiga erishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi joriy jahon chempionatida ikkita oltin va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling