Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
Iqtisod 29/11/2024 ARTON Andijonda avtoklav gazobeton ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshladi

ARTON Andijonda avtoklav gazobeton ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatida avtoklavlangan gazbeton ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi.

Loyiha “Sanoat ipotekasi” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda va “ARTON” kompaniyasi, Andijon viloyati hokimligi, “O‘zqurilishmateriallar” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank”ning qo‘shma tashabbusi hisoblanadi.

Avtoklavlangan gazobeton zamonaviy qurilishda muhim vositalardan biri bo‘lib, bino va inshootlar qurilishidagi sarf-xarajatni kamaytirishi va qurilish ishlari tezligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari avtoklavlangan gazobeton qishda issiq, yozda esa salqin haroratni saqlash xususiyatiga ega. Bu esa o‘z navbatida elektr energiya sarfini 20 foizgacha  kamaytiradi.

Yangi korxona  yiliga 500 ming kub ana shunday tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Uning qulay hududda joylashuvi mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga , balkim qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalariga eksport qilish imkonini ham  beradi.

Ahamiyatlisi “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan “Sanoat ipotekasi” dasturi doirasida korxonaga 10-yil muddatga 3-yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Buning natijasida zavod faoliyati Germaniyaning Wehrhahn Gmbh kompaniyasining eng zamonaviy energiya tejovchi uskunalari bilan jihozlanadi.

Loyiha qiymati esa 20 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Zavod ishga tushishi bilan 200 nafardan ziyod hudud aholisining bandligi ta’minlanadi.

Mahsulot ishlab chiqarishda deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Bu asosan kvars qumi, ohak, gips, sement xomashyolaridir. Ularning zaxiralari mamlakatimizda bugun yetarli miqdorni tashkil qiladi.

Andijonda quriladigan yangi korxona eng so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi bilan rivojlangan mamlakatlarning ana shunday korxonalaridan qolishmaydigan darajada bunyod qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling