Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Iqtisod 30/04/2025 Armaniston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Armaniston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 29-aprel kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan birinchi marta O‘zbekistonda o‘tkazilgan MDH Iqtisodiy kengashining 105-yig‘ilishi natijalarini sarhisob qilib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi.

Mger Grigoryan samimiy qabul va tadbirlarning yuqori darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, o‘zaro savdoni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasining hozirgi darajasini oshirish maqsadida mavjud salohiyatdan foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Bu maqsadda tomonlar o‘zaro uchrashuvlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling