Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-25 dekabr kunlari Qozog‘istonning Aqtau shahrida “Made in Uzbekistan” yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Tadbir mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyish etish, aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.
🇺🇿 To‘rt kun davomida yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Andijon, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan 50 dan ortiq korxona mahsulotlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar oziq-ovqat, to‘qimachilik, hunarmandchilik, charm, elektrotexnika va qurilish sanoatining yuqori sifatli mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega.
“Made in Uzbekistan” yarmarkasi milliy mahsulotlarni ommalashtirish, raqobatbardoshligini namoyish etish, Qozog‘istonlik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.