Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Dunyo 26/12/2024 AQShning eng yirik banklari Federal Rezerv tizimini sudga berdi

AQShning eng yirik banklari Federal Rezerv tizimini sudga berdi 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShning eng yirik banklari Federal Rezerv tizimi (FRT)ga qarshi sudga murojaat qilib, moliyaviy muassasalarning iqtisodiy zarbalarga bardoshliligini baholash uchun o‘tkaziladigan yillik stress-testlarning qonuniyligini shubha ostiga oldi, deb xabar beradi Reuters.

Finam ma’lumotlariga ko‘ra, da’vogarlar orasida Bank siyosati instituti, Amerika banklar assotsiatsiyasi va AQSh Savdo palatasi bor. Ular FRT stress-testlarni o‘tkazishda ma’muriy tartiblarni buzayotganini, testlarda foydalaniladigan modellar va ssenariylar yuzasidan yetarlicha oshkoralik ta’minlanmaganini hamda jamoatchilik muhokamasiga imkoniyat bermaganini ta’kidlashmoqda.

Da’voga javoban, FRT stress-test jarayonini yanada shaffofroq qilish va uni yangi huquqiy talablarga moslashtirish uchun o‘zgarishlar kiritish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Interfaks.

Mazkur da’vo banklar tomonidan regulyatorning jarayonlari oshkoraligi yetarli emasligi borasidagi ortib borayotgan norozilikni aks ettiradi. Shuningdek, bu Federal Rezerv tizimi bilan yanada ochiqroq hamkorlik qilishga intilish belgisidir. Sudning qarori banklarning bardoshliligini baholash usullari va kelgusida kapital bo‘yicha talablarni belgilashga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling