Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Angrenda “Toshkent–O‘sh” yo‘lida YTH: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 7 sentyabr soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” Xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyati IIBBning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda (Odamlar o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish).
Boshqarma qurbonlar va jarohatlanganlar soni haqida axborot bermagan.