Andijon viloyatida masjidda portlash sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati, Izboskan tumani "Mirzo Ulug'bek" MFY hududida joylashgan masjidlaring birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo'lganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan,
Xabarga asossan, viloyat FVB rahbariyati va mas'ullar hodisa joyiga yetib borgan, vaziyat to'liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 6 nafar fuqaro tan-jarohati olgan.