Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Andijon tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in o‘chirildi

Andijon tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in o‘chirildi

Andijon tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in o‘chirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Andijonsuyultirilgan va siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 5-sentabr soat 12:05 da sig‘imi 5 tonnali yoqilgʻi saqlash sigʻimiga ega “MAN” rusumli yoqilgʻi tashuvchi avtomobili sisternasidan propan suyultirilgan gazni toʻkish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lgan.

Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga 12:13 da yetib borib, yong‘in soat 12:26 da oʻrab olingan hamda 13:03 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling