Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Sport 15/05/2025 Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ogʻir atletika boʻyicha Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatining soʻngi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarimizning benefisiga aylandi.

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Joʻrayev yana bir bor yuksak mahorat koʻrsatib, barcha yoʻnalishda eng katta koʻrsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu dasturda Joʻrayevdan keyingi natijani koʻrsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻringa koʻtarilib oldik.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling