ACWA Power O‘zbekistondagi Buxoro biennalesining ilk AlMusalla mukofotini qo‘llab-quvvatlaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Al-Musalla mukofoti islom olamida keng tarqalgan ibodat va tafakkur qilish joyi bo‘lmish musallani loyihalash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro me’morchilik tanlovidir.
O‘zbekiston ACWA Power uchun Saudiya Arabistonidan tashqaridagi eng yirik bozor bo‘lib, kompaniya bu mamlakatda ham ijtimoiy, ham iqtisodiy rivojlanishni jadal sur’atda ilgari surmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri; 2025‑yil 8‑sentyabr: Dunyodagi eng katta xususiy suv chuchuklashtirish kompaniyasi hamda energetika transformatsiyasi sohasida yetakchisi va yashil vodorod ishlab chiqarishda birinchilardan bo‘lgan ACWA Power O‘zbekistonning Buxoro Biyennalesida Diriyah Biennale jamg‘armasi va Vision Invest bilan hamkorlikda Al-Musalla mukofotining g‘olibi taqdimotini qo‘llab‑quvvatlashini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Diriyah Biennale jamg‘armasi va Vision Invest bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus ACWA Power kompaniyasi o‘z faoliyatini olib borayotgan hududlarda madaniy almashinuv va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini aks ettiradi.
ACWA Power ushbu nufuzli madaniy platformani qo‘llab-quvvatlashi orqali kompaniyaning ta’siri nafaqat energetika sohasida, balki ijodkorlik, meros va madaniyatni asrash hamda boyitishda ham namoyon bo‘lishiga ishonchini ko‘rsatmoqda. Bu bilan kompaniya kelgusi avlodlar uchun madaniy qadriyatlarni saqlab qolishga hissa qo‘shyapti. Ushbu homiylik doirasida ACWA Power Saudiya Arabistoni Qirolligi, O‘zbekiston Respublikasi va jahon hamjamiyati o‘rtasida aloqalarni mustahkamlab, muloqotni kuchaytirmoqda, shu bilan birga, madaniyat va o‘zaro hamjihatlikni birlashtiruvchi kuchini namoyon etmoqda.
Al-Musalla mukofoti islom madaniyatlarida keng tarqalgan ibodat va tafakkur qilish joyi bo‘lmish musallani loyihalash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro me’morchilik tanlovi hisoblanadi. “To‘qish san’ati” nomli g‘olib loyiha EAST Architecture kompaniyasi tomonidan AKT II muhandislik firmasi va rassom Rayyane Tabet hamkorligida yaratilgan. Modul ko‘rinishida ishlangan musalla deyarli to‘liq palma daraxti chiqindilaridan tayyorlangan bo‘lib, zarurat tug‘ilganda uni qismlarga ajratib, qayta yig‘iladigan qilib loyihalashtirilgan. Bu esa uning amaliy qo‘llanish doirasini yanada kengaytiradi.
ACWA Power asoschisi va Boshqaruv kengashi raisi Mohammad Abunayyan ushbu tashabbusning ahamiyati xususida shunday dedi: “ACWA Power har doim o‘zini nafaqat energetika kompaniyasi sifatida ko‘rgan – biz ijodkorlik va innovatsiyalarga asoslangan umumiy kelajakni shakllantirishda hamkormiz. Shu ma’noda, Markaziy Osiyodagi eng yirik va xilma-xil san’at tashabbuslaridan biri bo‘lgan Buxoro Biyennalesida ishtirok etish uchun Diriyah Biennale jamg‘armasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Ushbu madaniy platformani qo‘llab-quvvatlashimiz ACWA Power’ning ta’siri energiyadan tashqari ijodkorlik, meros va madaniyatni qamrab olishiga bo‘lgan ishonchimizni aks ettiradi. O‘zbekistonning taraqqiyotiga sodiq qolgan holda, biz ACWA Power tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Shirin Energetika kolleji orqali o‘zbek yoshlari uchun jahon standartlariga mos keluvchi o‘quv dasturlarini taqdim etib, sezilarli natijalarga erishdik. Bugungi kunda kollej O‘zbekiston ijtimoiy infratuzilmasining muhim qismiga aylandi. O‘zbekiston ACWA Power investitsiya portfelining Saudiya Arabistoni Qirolligidan tashqaridagi eng yirik bozori hisoblanadi, biz mamlakatni energiya transformatsiyasi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kiritish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi rol o‘ynayotganimizdan faxrlanamiz. Biz Saudiya Arabistoni Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik rishtalariga asoslangan, ikki davlatning oqilona rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan ushbu vazifamiz bilan g‘ururlanamiz”.
2025-yilda Jiddadagi Islom san’ati biyennalesida ilk bor namoyish etilgan va keyinchalik Venetsiyada o‘tkazilgan 19-Xalqaro arxitektura ko‘rgazmasining qo‘shimcha tadbirida ko‘rsatilgan Musallaning Buxoroga safari islom jamiyatlari o‘rtasidagi muhim tarixiy aloqalar qayta tiklanishini ifodalaydi. Buyuk Ipak yo‘lidagi qadimiy ilm-fan markazi bo‘lmish Buxoro ziyoratchilar uchun muhim port shahri va darvoza hisoblangan Jidda bilan ochiqlik va madaniy almashinuvning boy merosini baham ko‘radi.
Shuningdek, ACWA Power Buxoro biyennalesining homiysi sifatida o‘z turidagi ilk madaniy tadbirni amalga oshirishda ko‘maklashmoqda. Ushbu qo‘llab-quvvatlashning eng e’tiborli jihatlari orasida mintaqadagi ayol san’atkorlarning matonatini va ijodiy salohiyatini namoyish etuvchi “Markaziy Osiyo ayollari” munozarasi alohida ahamiyatga ega. Mazkur sessiya ACWA Power’ning inklyuzivlik va jamiyatni rivojlantirishga bo‘lgan keng qamrovli e’tiborini aks ettiradi bu esa kompaniyaning qayta tiklanadigan energiya loyihalarini harakatga keltiruvchi qadriyatlar uning madaniy hamkorliklariga ham tatbiq etilishini ko‘rsatib beradi.