A-373 “Toshkent–O‘sh” trassasidagi YTHda yetti kishi halok bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — A-373 “Toshkent-O‘sh” yo‘lida avtohalokat yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Hodisa 7 sentyabr soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
“Shacman” yuk avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotib, temir yo‘l kesishmasida to‘xtab turgan 2 ta yuk va 5 ta yengil mashina bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv vaqtida kelib chiqqan yong‘in maxsus xizmatlar tomonidan o‘chirildi.
Hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi kasalxonaga yotqizildi, 4 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.