Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
Iqtisod 06/02/2025 7 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Federatsiyasida ish bilan ta’minlanadi

7 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Federatsiyasida ish bilan ta’minlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyada faoliyat olib borayotgan 20 ga yaqin yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot tomonlar uchun samarali kechdi. Yakunda “ANT YAPI”, “OZON KOMYUNITI”, “PEK” va “SPAR MIDL VOLGA” kompaniyalari bilan 7000 nafar hamyurtimizni mazkur kompaniyalarga tashkiliy tarzda ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Ushbu kompaniyalarning ishchilarga yaratgan sharoitlari, oylik maoshlari to‘liq o‘rganib chiqildi. Fevral oyida hududlarda nomzodlarni saralash tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib borsangiz bundan xabardor bo‘lasiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling