Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Moliya 12/04/2025 2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi qabul qilindi

2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori.

Mazkur Strategiya “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga muvofiq hamda xalqaro moliya institutlari, xususan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda shakllantirilgan.

Bunda, Strategiya Osiyo taraqqiyot banki, UNDP, UNICEF, UN Women hamda Fransiya taraqqiyot agentliklari va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar, shuningdek, nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilmasi oʻxshash davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari oʻrganilgan holda ishlab chiqilgan.

Mazkur Strategiya 5 ta ustuvor yoʻnalish, 16 ta maqsad hamda 45 ta amaliy tadbirlardan tashkil topgan boʻlib, davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilangan:

1.    Budjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;

2.    Oʻrta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni taʼminlash;

3.    Davlat xarajatlari va investitsiyalarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish;

4.    Budjetning samarali ijrosini taʼminlash;

5.    Fiskal axborot sifati va hisobdorlikni yanada oshirish.

Mazkur Strategiyani ishlab chiqishdan koʻzlangan maqsad, avvalo Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, shuningdek 2030-yilga qadar budjet intizomini yaxshilashga erishish, hisobdorlikni takomillashtirish va budjet jarayoni shaffofligini oshirish hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling