2025 yilning yetti oyida AQSHdan 19,2 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 19,2 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 ming nafarga yoki 20,6 % ga oshgan.
Sayohatlarining asosiy qismi turizm maqsadida amalga oshirilgan — 15 468 kishi mamlakatga sayohat uchun tashrif buyurgan. Shuningdek, 1 832 kishi xizmat safari bilan kelgan, 1 544 kishi qarindoshlarini ziyorat qilgan, 254 kishi taʼlim olish uchun, 81 kishi tijorat ishlari bilan va 11 kishi davolanish maqsadida kelgan.
Tashriflar sonining o‘sishi O‘zbekistonning xalqaro turizmni rivojlantirish va xorijiy mehmonlarni jalb etish borasidagi saʼy-harakatlarini aks ettiradi.