Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yilning yanvar-iyul oylarida Fransiyadan turistlar oqimi 25,2 % ga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 15,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming nafarga yoki 25,2 % ga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Fransiya fuqarolari soni safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat– 13 855 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 703 nafar;
xizmat yuzasidan– 591 nafar;
o‘qish – 43 nafar;
tijorat – 17 nafar.