Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Moliya 14/05/2025 2025 yil I choragida raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi qurilish sohasida isteʼmolchilarga 1,9 mlrd so‘m qaytarilishini taʼminladi

2025 yil I choragida raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi qurilish sohasida isteʼmolchilarga 1,9 mlrd so‘m qaytarilishini taʼminladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga 2025 yilning yanvar-mart oylarida fuqarolardan qurilish masalalariga oid 355 tadan ortiq murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosan qurilish-taʼmirlash ishlarining sifatsizligi, ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarda berilgan.

Murojaatlar taqsimoti:

107 ta murojaat qurilish-taʼmirlash ishlarining sifatsizligi bilan bog‘liq;

63 ta murojaat ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olish bilan bog‘liq;

180 ta murojaat kommunal xizmatlar bilan bog‘liq boshqa masalalarni tashkil etgan.

Shuningdek, murojaatlarning natijasi sifatida, isteʼmolchilarning huquqlari tiklandi va ularning foydasiga 1,9 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Misol uchun murojaatlarning birida fuqaro A.B. quruvchi tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida qurilayotgan ko‘p kvartirali uydan xonadon sotib olish uchun 387,0 million so‘m to‘lagani, ammo qurilish ishlari 1 yil 3 oy o‘tganiga qaramay boshlanmagani, fuqaro mazkur holatdan norozi bo‘lib, shartnomani bekor qilishga qaror qilib, 2025 yil 24 fevralida kelishuv bitimi tuzganini bildirgan. Ammo quruvchi korxona turli bahonalar bilan uyga to‘langan mablag‘ini qaytarib bermagan.

Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda quruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagani yaʼni xonadon loyihasi o‘zgargani va qurilish ishlari umuman boshlanmagani, shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuv bitimiga asosan uy uchun to‘langan pul fuqaroga 2025 yilning 17 martga qadar to‘liq qaytarilmay kelinayotgani maʼlum bo‘ldi.

O‘rganishlar natijasida quruvchi tomonidan fuqaro A.B.ga 387,0 million so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi taʼminlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling