FLSmidth kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 12-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik bo‘linmalari, “OKMK” AJ mas’ul rahbarlari bilan birgalikda FLSmidth kompaniyasi global professional servisi rahbari Kristian Fabri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida FLS vakillari Xizmat ko‘rsatish markazining qurilish konspesiyasi va uning faoliyati, ishlab chiqarish mahsulotlarini mahalliylashtirish masalalari yuzasidan taqdimotni namoyish etishdi.
Shuningdek, tadbirda kompaniya vakillariga Kon-geologiya vazirligi tizimidagi “Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” davlat muassasining asosiy vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.